Gennadiy Bessonov, Transevrosiyo avtomobil tashish bo‘yicha Xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengashi bosh kotibi:
– Saylov kampaniyasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Saylovchilar Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari bilan tanishish imkoniyatiga ega. Bu fuqarolarning erkin tanlov qilishi va o‘z irodasini ifoda etishi uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini ko‘rsatadi.
Prezident saylovida ishtirok etish fuqarolar hayotida muhim qadam. Xalqning ovozigina davlatning kelajagini belgilab beradi. Kuzatuvlarimiz davomida debatlar ochiq o‘tkazilishi, saylovchilarning nomzodlarga erkin savol berishini ko‘rib, O‘zbekistonda saylov kampaniyasi rasmiy tadbir emas, balki mamlakat hayotida muhim ahamiyatga molik voqea sifatida tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik.
Saylov jarayoni odamlarning siyosiy partiyalar va ular ko‘rsatgan nomzodlarga ishonchini bildiruvchi o‘ziga xos tanlovga aylangan.
O‘ylaymanki, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston xalqi o‘z kelajagini belgilaydi, mamlakat uchun munosib yetakchini saylaydi.
Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi, O‘zA