Xalqaro kurash assotsiatsiyasi yilning munosiblarini qachon e’lon qiladi?
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) har yili dekabr oyi so‘ngida nufuzli musobaqalar, chempionatlar sarhisobiga ko‘ra, eng yaxshilar ro‘yxatini e’lon qilib kelardi.
Biroq, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bu gal 2025 yil munosiblarini e’lon qilishni kelgusi yil fevral oyiga qoldiribdi.
Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘ldi?
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriyning ta’kidlashicha, 2025 yil milliy sportimiz kurash uchun muhim voqealarga boy davr bo‘ldi. 30 ga yaqin xalqaro turnir, qit’aviy chempionatlar hamda kompleks o‘yinlar dasturida kurash musobaqalari tashkil etildi. 10 ga yaqin davlatda hakamlar, murabbiylar uchun seminarlar uyushtirildi.
2025 yilgi musobaqalar taqvim rejasidan joy olgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 2026 yil yanvar-fevral oylariga ko‘chirilishi tufayli yil nominantlari mazkur chempionat yakunlaridan keyin e’lon qilinishi belgilandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA