Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro koʻrgazmalar mamlakatimiz iqtisodiy ravnaqiga keng yoʻl ochadi
20:14 / 2019-10-24

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida “UzEnergyExpo – 2019” va “UzStroyExpo – 2019” xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda.


Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida “UzEnergyExpo – 2019” va “UzStroyExpo – 2019” xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrgazmalar maydonida elektr texnikalari, kabellar, qurilish, pardozlash materiallari, qurilish texnikasi, isitish, ventilyatsiya tizimlari, suv taʼminoti, suvni tozalash kabi uskunalar namoyish etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish, Energetika vazirliklari, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “International Expo Group” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmalarda Oʻzbekiston, Belarus, Hindiston, Ispaniya, Qozogʻiston, Xitoy, Litva, Koreya, Rossiya, Fransiya, Turkiya kabi 15 mamlakatning 180 kompaniyasi qatnashmoqda.

“International Expo Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili Gulshan Chalovaning maʼlumot berishicha, koʻrgazmada ishtirok etayotgan chet ellik tadbirkorlar faolligi ularning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishidan dalolat beradi. Taʼkidlash joizki, har ikki koʻrgazmaning 75 foiz ishtirokchisi xorijiy kompaniyalar vakillaridir. Birgina Xitoydan kelgan 47 kompaniya ishtiroki, ular namoyish etayotgan mahsulotlar koʻpchilikda qiziqish uygʻotmoqda. Bu, oʻz navbatida, xitoylik tadbirkorlarning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi kuchliligidan darak beradi. Hindistonning 28 kompaniyasi ham zamonaviy uskuna va qurilmalarini namoyon etmoqda. Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsion va boshqa sohalarda hamkorlikning rivojlanganini bu koʻrgazmalarda Turkiyadan ilk bor 22 kompaniya ishtirok etayotganida koʻrish mumkin.

“UzEnergyExpo – 2019” koʻrgazmasi mamlakatning eng yirik energetika sohasi namoyishi sanaladi. Oʻtgan yilga nisbatan ekspozitsiyalar 30 foizga oshgani yurtimizda bu yoʻnalishga berilayotgan alohida eʼtibor samarasi ekanini anglash qiyin emas.

– Ushbu koʻrgazmada uchinchi bor qatnashayapmiz, – dedi “UZKABEL” AJ qoʻshma korxonasi ish yurituvchisi Sherali Toʻrayev. – Bunday imkoniyat bizga yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yoʻnalish bermoqda. Korxonamiz kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlsa-da, hozirda talab va ehtiyojlarga asosan kafel, qurilish boʻyoqlari va santexnika mahsulotlarini ham ishlab chiqarayapmiz. Koʻrgazmada shu kabi mahsulotlarimizni namoyishga qoʻydik. Koʻrgazmada xorijlik ishbilarmonlar ham qatnashadi. Bu mahsulotlarimiz eksporini kengaytirish uchun qulay imkoniyat.

Koʻrgazmada Hindistondagi “Strut support systems” kompaniyasi ilk bor qatnashmoqda. Kompaniyaning savdo va marketing boʻlimi boshligʻi Tegvinder Singx koʻrgazma taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

– Kabellarni joylashtirish uchun maxsus uskunalar va quyosh batareyalari ishlab chiqaramiz, – dedi u. – Koʻrgazmada boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblarimiz tajribasi bilan oʻrtoqlashish imkoniga ega boʻldik. Oʻzbekiston energiya sohasi yutuqlari bilan tanishdik. Hamkorlar orttirish niyatidamiz.

“UzStroyExpo – 2019” qurilish koʻrgazmasi pavilyonlari ham ishtirokchilar bilan gavjum. Ular qurilish sanoatining zamonaviy yangiliklari bilan tanishmoqda.

– Kompaniyamiz sementni qadoqlashga ixtisoslashgan, – dedi Turkiyaning “Ceylan makina montaj” kompaniyasi direktori Kemalettin Oʻzgur. – Bugungi kunda 80 dan ortiq davlatga xizmatlarimizni eksport qilamiz. Maqsadimiz mamlakatingiz sement ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik oʻrnatishdir.