Buxoroda 2025 yilgi CNPC “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davomida 9 ta jamoa medallar uchun kurash olib bordi. Ushbu musobaqa nafaqat mahorat va professionallikni namoyish etish uchun platforma, balki do‘stlik va o‘zaro hurmat ramzi ham bo‘lib xizmat qildi.
–Kelajakda biz texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlashni turli mamlakatlardagi hamkorlar bilan o‘zaro aloqalar va hamkorlik uchun muhim ko‘prik sifatida ko‘rib chiqishda davom etamiz. Bu bizga xorijdagi xodimlarimizning professional o‘sishini yanada rag‘batlantirish va "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi doirasida yuqori sifatli energetika loyihalarini amalga oshirishga hissa qo‘shish imkonini beradi, –deydi CNPC Inson resurslari departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Xu Xungmin.
[gallery-26025]
Marosimda jami 36 ta medal topshirildi. Umumiy jamoaviy hisobda “Asia Trans Gas” jamoasi 12 ta medal bilan birinchi, AGP jamoasi 7 ta medal bilan ikkinchi va SEAGP jamoasi 4 ta medal bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
–Bugun har birimiz g‘olibmiz. Biz medallar yoki reytinglar uchun kurashmadik, balki bilim izladik, mahoratimizni oshirdik, tajriba almashdik va bir-birimizdan o‘rgandik. Biz yagona maqsad – mamlakatlarimiz va butun qit’alarning energiya barqarorligini ta’minlash yo‘lida birlashgan katta jamoamiz. Biz turli tillarda gaplashsak ham, bu hech qachon bir-birimizni tushunishimizga to‘sqinlik qilmagan. Sababi, bizning umumiy tilimiz bor – bu professionallik, o‘zaro hurmat va mukammallikka intilish tili, – deydi musobaqa oltin medali sovrindori Aleksandr Matrosov.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari