Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro iste’molchilar tashkiloti prezidenti va forum ishtirokchilari Samarqandda
16:17 / 2020-01-16

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro forum haqida avval ham xabar bergan edik.


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro forum haqida avval ham xabar bergan edik.

Bugun 16 yanvar kuni dunyoning 32 davlatidan tashrif buyurgan forum ishtirokchilari Samarqand shahriga yetib kelishdi. Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng mehmonlarni Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.Rajabov qabul qildi.

Uchrashuvda taraflar turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda nafaqat federatsiya, balki viloyat hokimligi ham qarab turmasligini J.Rajabov ta’kidlab o‘tdi. Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers Intemational) Prezidenti Marimutu Nadason Samarqandning salobatidan hayratda ekanini yashirmadi.

Kelajakda bunday ishlar davom etishiga omad tiladi. Shu bilan birgalikda xalqaro forum ishtirokchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini, tarixiy obidalariga sayohat uyushtirdi.

Sherzod Xalilov