English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi
13:47 / 2024-03-05

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 million dollar miqdoridagi "Murabaha" moliyalashtirish bitimi va agentlik kelishuvi imzolandi.

Bitim Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.  

Mablag‘ 24 oygacha bo‘lgan muddatga qulay shartlarda ikki transhda ajratiladi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston aholisining ehtiyojlarini qondirish, mamlakat agrar sektorining barqarorligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.  

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot bankining asosiy instituti bo‘lib, uning vazifasi Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘sish va savdoni rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA