Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizning integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish masalasi muhokama qilindi
19:58 / 2022-03-24

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining panel munozaralarida “Savdoni erkinlashtirish va iqtisodiyotning integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish” bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu suhbatda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari, Yevropa Ittifoqining kengayish va yaxshi qo‘shnichilik masalalari bo‘yicha komissari savdoni integratsiyalashtirish borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo bitimlariga integratsiya qilinishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va yangilashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi ta’kidlandi.  

Shuningdek, mazkur tashabbus 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan eng muhim vazifalar ro‘yxatiga kiritilgani e’tirof etildi. Ayni damda Yangi O‘zbekistonning ustuvor maqsadi – savdoni erkinlashtirish va iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, shu orqali mamlakatimizning tashqi savdodagi o‘rnining mustahkamlanishini ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va xalq farovonligini yanada oshirish ekanligiga alohida urg‘u berildi.  

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA