Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi
09:58 / 2019-10-26

Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.


Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

Xususan, xorijlik investorlar bilan qishloq xoʻjaligi, qurilish, turizm, tibbiyot, logistika kabi qator yoʻnalishlar boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning “Dongil construction” kompaniyasi oʻrtasida loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etuvchi zamonaviy koʻp tarmoqli shaharcha barpo etish, Xitoyning “Phoenix international wisdom technology investmen” kompaniyasi bilan Nurafshon shahar hokimligi oʻrtasida loyiha qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi mamlakatimizdagi ilk aqlli shahar - “Smart Sity” qurilishi loyihasi doirasida muhim kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida shuningdek, Eron, Filippin, Turkiya, Germaniya, Rossiya kabi qator davlatlardan kelgan investorlar bilan qator yoʻnalishlarda ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilib, kelishuvga doir hujjatlar imzolandi.

Xalqaro invenstitsion forum bugun – 26-oktyabr kuni oʻz ishini davom ettirmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, forum ishtirokchilari bugun viloyat hududidagi yirik korxonalarda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni va investitsion salohiyati bilan tanishadi.

Shuningdek, xorijlik mehmonlarning viloyatdagi turistik markazlar, ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarga tashriflari amalga oshiriladi.