Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan tuhfalar
16:21 / 2025-12-22

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan jamiyatimiz uchun dolzarb mavzularda nashr etilgan 18 ta risola va buklet taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda universtitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, xalqaro markaz olimlari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari O.Muhammadiyev, Samarqand davlat universiteti prorektori S.Abbosov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattorov va boshqalar mazkur nashrlar jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, xalqimizga, jumladan, yoshlarga dinning asl mohiyatini tushuntirish, shu bilan birga turli yot g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan qurashishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

– Vatanga muhabbat, tinchlik va bag‘rikenglik, jihod va hijrat tushunchalarining asl mohiyati, ota-onaga ehson, farzand tarbiyasi, to‘y va marosim madaniyati kabi 18 mavzudagi risola va bukletlarning har biri 5 ming nusxadan chop etildi, – deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev. – Ularda ko‘tarilgan masalalar zamonaviy ijtimoiy hayot talablariga mos ravishda, sodda va ta’sirchan uslubda yoritilgan. Risola va bukletlar nashr etilishida Samarqand viloyat hokimligi tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.

[gallery-26854]

Ushbu risolalar viloyatdagi ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlariga tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Ularda ilgari surilgan g‘oyalar insonparvarlik, bag‘rikenglik va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilib, keng jamoatchilik uchun ishonchli ma’naviy dastur vazifasini o‘taydi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari