Xalqaro ilmiy konferetsiya FORM-2020 oʻz faoliyatini onlayn tarzda boshladi
Joriy yil mart oyida boshlangan pandemiya sababli ushbu konferensiyani oʻtkazish muddati 2020-yil 23-sentyabrga koʻchirilgandi.
Milliy tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti (NIU MGSU), Xanoy shahar Milliy qurilish universiteti (NUCE), Xo Shi Min shahar Arxitektura universiteti, Xanoy Arxitektura universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIIIMSX) hamkorligida XXIII Qurilish – hayotiy faoliyatni taʼminlash muhitidir “CONSTRUCTION THE FORMATION OF LIVING ENVIRONMENT 2020” (FORM-2020), xalqaro ilmiy konferensiya 2020-yil 22-25-aprelda Vyetnamning Xanoy shahridagi Milliy qurilish universitetida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.
Joriy yil mart oyida boshlangan pandemiya sababli ushbu konferensiyani oʻtkazish muddati 2020-yil 23-sentyabrga koʻchirilgandi.
Bugun, Toshkent vaqti bilan 12-00 da FORM-2020 Xalqaro Ilmiy Konferensiyaning ochilish marosimiga bagʻishlangan yalpi majlis, qurilish sohasidagi yetakchi olimlarning maʼruzalari bilan boshlandi.
Yalpi majlisda hamkor universitetlarning rahbarlari Pham Duy Hoa, Akimov Pavl, Vu Ngoc Anh, va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi, institutimiz rektori Uktam Umurzakov xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilarini tabriklashdi.
Konferensiya oʻz ishini 2020-yil 24-25-sentyabr kunlari quyidagi ilmiy seksiyalarda davom ettiradi:
1-Seksiya. “Aqlli” shahar (Smart city);
2-Seksiya. Zamonaviy qurilish materiallari (Modern building materials);
3-Seksiya. Muhandislik infrastrukturasi (Engineering Infrastructure);
4-Seksiya. Bino va inshootlarning ishonchliligi (Reliability of buildings and constructions);
5-Seksiya. Qurilishda menejment (Management in construction);
6-Seksiya. Qurilishdagi yangi texnologiyalar (New construction technologies).
Institutimizning 43 nafar professor-oʻqituvchilari oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashmoqda.
Konferensiyada muhokamadan oʻtgan ilmiy maqolalar Scopus bazasidagi ilmiy jurnalda chop etiladi.
Rahimboy JUMANIYOZOV,
Institut matbuot xizmati rahbari.