Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ilmiy haftalik davom etmoqda
10:41 / 2023-05-27

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yashil kimyo va barqaror rivojlanish” xalqaro ilmiy haftaligi boshlandi.

Haftalik BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil sentyabrdagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha Sammitining 70-sonli rezolyutsiyasida keltirilgan bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Prezidentimizning 2020 yil 8 dekabrdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida sohaga oid vazifalarni bajarish belgilab qo‘yilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirishda xalqaro tadbirlarni tashkil etish, talabalarning texnik sohalarga qiziqishini oshirish, fundamental fanlarni ommalashtirish hamda kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasidagi tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.  

[gallery-12087]

Haftalik “Green Chemistry And Sustainable Development” va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Al-Farobiy nomidagi NAO Qozog‘iston milliy universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Haftalik tadbirlarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, “O‘zkimyosanoat”, “Kvars”, “Asl Oyna”, “Artel” kabi aksiyadorlik jamiyatlari, “Akkermann Cement” MCHJ, “Art Gloss Galery” xoldingi, “Texnopark” MCHJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ kabi yirik korxonalar ishtirok etadi. Tadbir davomida “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” II-Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi ham o‘tkaziladi. Xalqaro ilmiy haftalik yosh olimlar forumi bilan yakunlanadi.  

Nilufar Bozorova, Davron Ernazarov (surat), O‘zA