Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi O‘rta Osiyo hunarmandlarini bir joyga birlashtirdi
16:27 / 2025-11-27

Poytaxtimizdagi "Central Asian Expo Uzbekistan" (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro turizm va hunarmandchilik mahsulotlari hamda texnologiyalari yarmarkasi ochildi.

Hunarmandlar va milliy mahsulotlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish, ularning xalqaro maydonda o‘z brendini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq mahalliy hunarmandlar, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya va Yaponiyadan kelgan ustalar ishtirok etdi.

29 noyabrga qadar davom etadigan mazkur ko‘rgazmada mehmonlar kulolchilik, qo‘lda kashtachilik, misgarlik va yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha mahorat darslarida qatnashishlari mumkin.

Yarmarka doirasida “Hunarmand“ uyushmasi va "VISA INTERNATIONAL SERVICE ASSOCIATION" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro to‘lov tizimlarini rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Ushbu kelishuvning asosiy maqsadi hunarmandlar faoliyatida zamonaviy elektron to‘lov tizimlarini rivojlantirish, milliy mahsulotlarni xalqaro savdo maydonlarida ilgari surish uchun qulay va xavfsiz moliyaviy yechimlarni joriy etishdan iborat.

Memorandum doirasida VISA kompaniyasi va “Hunarmand” uyushmasi birgalikda loyihalarni amalga oshiradi. Ular hunarmandlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, raqamli to‘lov infratuzilmasini kengaytirish va kreativ iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu hamkorlik hunarmandlar va milliy mahsulotlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, xalqaro maydonda o‘z brendini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanishni ta’minlaydi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA