Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hunarmandchilik festivali oldidan Qoʻqonda yangi yoʻl ochildi
19:12 / 2019-09-03

Qoʻqon shahrini “Fargʻona halqa yoʻli“ bilan bogʻlovchi 2,4 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi.


Qoʻqon shahrini “Fargʻona halqa yoʻli“ bilan bogʻlovchi 2,4 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi.

Ayni kunlarda Qoʻqon shahrida xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Yoʻlsozlar ham ushbu ulkan bunyodkorlikka munosib hissa qoʻshishmoqda.

Xalqaro anjumanga tayyorgarlik koʻrish maqsadida shahardagi avtomobil yullarida qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 68 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi. Ushbu ajratilgan mablagʻlar hisobidan 76,7 kilometr uzunlikdagi avtomobil yullarida qurish, qayta qurish, toʻla va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Qoʻqon shahrining Toʻqlimergan hududida Uchkoʻprik tumani Toshkentliguzar qishlogʻini shahar bilan bogʻlovchi keng va ravon bunyod etilgan yangi avtomobil yoʻli ham ana shu ishlarning amaldagi ifodasidir.

Mazkur yangi yoʻl “Qoʻqonyoʻlqurilish” unitar korxonasi tomonidan bir yilda qurib bitkazildi va Qoʻqon shahar aylanma yoʻlini “Fargʻona halqa yoʻli“ avtomobil yoʻliga tutashtirdi. Mazkur qurilish ishlari uchun 23 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarf etildi. Endilikda shaharga kirish uchun 15 kilometr yoʻl yaqin boʻldi. Bu avtomashinalarning tirbandliklarining ham oldini oladi.

Mazkur yangi avtomobil yoʻlining ochilishi katta shodiyonaga aylandi.