Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hikoyalar festivalida ilk bor oʻzbek yozuvchisi ishtirok etadi
18:22 / 2020-02-26

Festival 2-7-mart kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi.


Festival 2-7-mart kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi.

Bu yil toʻrtinchi bor oʻtkazilayotgan qisqa hikoyalar festivalida dunyoning oʻttizdan ortiq mamlakatidan kelgan taniqli yozuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tanlov kuzatuvchilari 2019-yilning yozidan festival ishtirokchilarini aniqlashga kirishgan edi. Nihoyat har bir mamlakatdan bittadan umidli hikoyachi tanlab olindi.

Nufuzli tadbirda Oʻzbekistondan ijodkor Javlon Jovliyev qatnashadi.

Javlon Jovliyev “Zomin”, “Isʼhor”, “Marvarid oʻlkam” tanlovlari gʻolibi, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasida “Ikki qalb uchrashuvi” deb nomlangan hikoyalar toʻplami chop etilgan. Asarlari ingliz, rus va turk tillariga tarjima qilingan.

Festival ishtirokchisi oʻz mamlakatidagi adabiy jarayon haqida ham maʼruza qiladi. Yozuvchilar sara ijod namunalari yigʻilib, kitob holida chop etiladi va yaxshigina qalam haqi beriladi.