Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlikda yirik loyihalar qilinadi
16:12 / 2025-08-15

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbar Albert Shayxutdinovni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildi. Xususan, iqtisodiyot, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va istiqbolli yo‘nalishlar masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Boshqirdiston Respublikasida asalarichilik sohasi rivojlangan bo‘lib, bu yo‘nalishda Toshkent viloyatida ham yetarlicha imkoniyat mavjud. Muloqotda ushbu sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ikki viloyat hamkorligida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish, tayyor mahsulotlarni xalqaro bozorga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Viloyat hokimi A.Shayxutdinovni yangi lavozim bilan tabriklab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Tomonlar belgilangan yo‘nalishlarda aniq rejalarni ishlab chiqishga va amaliy ishlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Shuningdek, Z.Mirzayev Rossiya Federatsiyasi Penza viloyatining Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan vakolatxonasi vakili Vladislav Jukovni qabul qildi. Unda mazkur vakolatxona faoliyatini samarali tashkil etish orqali ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, ta’lim va metallurgiya sanoati kabi yo‘nalishlarda amaliy natijalarga erishish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joiz, Rossiyaning Penza viloyati sanoat, ishlab chiqarish va metallurgiya sohalari jadal rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Uchrashuvda aynan shu yo‘nalishlar bo‘yicha qator qo‘shma loyihalar — jumladan, mebelchilik sohasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, temiryo‘llar va strategik ahamiyatga ega ob’ektlar uchun shlagbaumlar ishlab chiqarish, shuningdek, yonilg‘i va boshqa maxsus suyuqliklarni tashishga mo‘ljallangan sig‘imli idishlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Penza viloyatiga qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari eksportini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, IT sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilandi. Jumladan, Penza viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish dasturi doirasida joriy yilning sentyabr oyida Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari Penza davlat texnologiyalar universitetida malaka oshirishga yuborilishi belgilandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar vakolatxona faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shu asosda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish va aniq tashabbuslarni ishlab chiqish borasida kelishib oldi. 

A.Musayev,O‘zA.