Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlik yanada kengayadi
14:47 / 2022-04-15

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Hindiston bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Institut rektori Akmal Siddiqov rahbarligidagi delegatsiya ilmiy tashrif bilan Hindistonda bo‘lib qaytdi.

Safar davomida delegatsiya a’zolari Xaryana shtatida joylashgan Gurugram davlat universitetida bo‘lib hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida farmatsevtika yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil etiladigan bo‘ldi. Bunda talabalar ikki yil Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida, ikki yil Gurugram davlat universitetida soha bo‘yicha tahsil oladi. Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.  

Bundan tashqari, institutga investitsiya olib kirish va hindistonlik talabalarni ko‘proq jalb qilish maqsadida Dehli shahrida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining maxsus ofisi tashkil etildi va o‘z ish faoliyatini boshladi. Shuningdek, Hindistonning eng oldi klinikalardan biri – Venkateshwar Hospital bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu klinika nafaqat Hindiston, balki dunyo miqyosida yuqori reyting darajasiga ega bo‘lib, onkologiya sohasiga ixtisoslashtirilgan.  

Klinikada jigar, buyrak va boshqa ichki organlarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari amalga oshiriladi. Malakali kadrlar va eng so‘nggi rusumdagi tibbiy jihozlar, uskunalar bilan ta’minlangan. Venkateshwar Hospital bilan tuzilgan shartnomaning muhim jihati, kelgusida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ta’lim olayotgan bakalavriat, magistratura va ordinatura bosqichi talabalari hamda institut professor-o‘qituvchilari hech qanday to‘siqlarsiz, mazkur klinikada bepul tajriba almashish, malaka oshirish va ilmiy-amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  


M. Sulaymonov, O‘zA