Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlik – turizm rivojiga xizmat qilmoqda
17:17 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Joriy yil davomida viloyatning boy madaniy merosi va  turistik salohiyatini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib etish maqsadida Indoneziya, Malayziya, Belarus, Xitoy, Tojikiston, Italiya va Polsha kabi davlatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro turistik tadbirlarda viloyat delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Xalqaro tadbirlar doirasida o‘tkazilgan B2B, B2C va G2B shaklidagi uchrashuvlar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik almashinuvini faollashtirish hamda Buxoroga xorijiy turistlar oqimini oshirishga qaratilgan kelishuvlarga erishildi.

[gallery-25817]

Ta’kidlash joiz, bu kabi tashabbuslar viloyat uchun nafaqat xalqaro miqyosda o‘z brendini targ‘ib etish, balki yangi turistlar oqimini jalb etish hamda hududning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga hissa qo‘shish imkonini bermoqda.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA