French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriyalik olimlar chet tili darsliklari yaratishda ishtirok etmoqda
19:22 / 2017-02-21

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yangi ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, reja va darsliklar tegishli chet tillari bo‘yicha xalqaro ekspert va mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, turli ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Masalan, yurtimizdagi qator oliy o‘quv yurtlari nemis tili o‘qituvchilari uchun Avstriyaning Vena davlat universiteti professori Karen Shramm va dotsent Annemariya Pritxard-Smit ishtirokida “Zamonaviy darsliklarni yaratish tamoyillari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Birinchi kurs talabalari uchun nemis tili darsligini yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvda darsliklarni ishlab chiqishda badiiy adabiyotlar va filmlardan samarali foydalanish, umumevropa chet tillarini o‘zlashtirish talablariga mos til ko‘nikmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

– O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohalarida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanmoqda, – deydi professor Karen Shramm. – Tomonlar yangi avlod darsligini ishlab chiqishga oid qo‘shma loyihada faol ishtirok etmoqda. Bu o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik samarasida birinchi kurs talabalari uchun nemis tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratiladi.