Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XALQARO HAMKORLIK: quduqlarni ta’mirlash, 2D va 3D uslubidagi seysmo-qidiruv ishlari muhokama markazida
17:10 / 2022-10-27

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “TNG-Grupp” kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari Farit Vasilev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuv davomida geofizika xizmatlari, quduqlarning ta’mirlanishi hamda 2D va 3D uslubidagi seysmo-qidiruv masalalari xususida so‘z yuritdi.  

Xususan, 2021 yilda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli konlar va quduqlarda “TNG-Grupp” kompaniyasi tomonidan geofizik tadqiqotlar hamda mahsuldor qatlamlarni perforatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.    

Mazkur uchrashuv ham tomonlarni Modellashtirish markazida seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar va uskunalar yordamida 2023 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan burg‘ilash, qazib chiqarish bo‘yicha yangi natijalarga erishishda hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.    

 Shundan kelib chiqib, uchrashuvda  muhokama qilingan har bir yo‘nalish strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib,  nafaqat kompaniyalar, balki mamlakat neft-gaz sanoati rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratildi.  

 Muzokaralar yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi. Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan hamkorlikda ish olib borish va o‘zaro manfaatli hamda istiqbolli loyihalarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilab olindi.    

 Ma’lumot o‘rnida, 70 yillik boy tajribaga ega  Rossiyaning “TNG-Grupp” nafaqat MDH mamlakatlari, balki dunyoning yetakchi neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalardan biri. 2018 yildan buyon “TNG-Grupp” kompaniyasining “TNG LOGGING ASIA” qo‘shma korxonasi O‘zbekiston hududida faoliyat yuritib kelayotgan ko‘plab mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.    

 

 O‘zA