French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
10:29 / 2025-05-19

Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom hududida faoliyat olib borayotgan yirik granitni qayta ishlash kompaniyasi – “Fuhua Co. Ltd.” vakillari bilan uchrashdi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda investorlarga hududda mavjud tabiiy boyliklar, xususan, granit zaxiralari, ularni sanoat asosida qayta ishlash imkoniyatlari va mavjud infratuzilma haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, xorijiy investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan soliq hamda bojxona imtiyozlari, yer ajratish tartibi, rivojlangan logistika tizimi, malakali ishchi kuchi borasidagi afzalliklar haqidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri