Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik boshlandi
21:04 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatida yaxshi an’anaga aylangan va jahon miqyosida brend darajasiga chiqqan Xalqaro gullar festivali bu yil 65 marotaba o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan mazkur muhim tadbirga hozirdanoq tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

[gallery-27521]

Namangan viloyati hokimi Shavkat  Abdurazzoqov Davlatobod tumanida joylashgan «Gulchilik plantatsiyasi»da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muloqotda gulchilik sohasidagi mavjud muammolar, ishlab chiqarish hajmini oshirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi va noyob gul navlarini keltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuning barobarida 65-Xalqaro gullar festivalini yuqori saviyada tashkil etish, uning mazmun-mohiyatini yanada boyitish va mehmonlar uchun jozibador muhit yaratish bo‘yicha tegishli tashkilot-idoralarga aniq vazifa hamda topshiriqlar berildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA