Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro gullar festivali logotipi tushirilgan atirlar yaratilmoqda
09:55 / 2024-10-24

FOTOREPORTAJ

Namangan shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Gullar bayrami davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xalqaro festival maqomiga erishdi. Buning natijasida yildan-yilga turli xorijiy davlatlar va qo‘shni respublikalardan viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni sezilarli darajada ortdi.  

Kelasi yil 64-bor o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan festivalga tayyorgarlik doirasida Turkiyaning mashhur parfyumeriya mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan birgalikda Xalqaro gullar festivali logotipi tushirilgan atirlar yaratilmoqda.  

[gallery-19954]

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev ushbu maqsadda viloyatga tashrif buyurgan turkiyalik ishbilarmonlarni qabul qildi. Uchrashuvda yangi yaratilayotgan maxsus atirlarning dastlabki ko‘rinishi, qutilari va jozibadorligi mutaxassislar ishtirokida muhokama etilib, qo‘shimcha o‘zgartirish va takliflar bildirildi. Ushbu loyihadan asosiy maqsad festivalga tashrif buyuradigan mehmonlar, turistlar uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdir. Bu Namangan brendini dunyoning barcha nuqtalariga tarqalishiga ham zamin yaratadi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA