English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro “Gullar festivali” doirasida ochiq osmon ostidagi oqshom konserti bo‘lib o‘tdi
12:40 / 2025-05-27

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” yozgi amfiteatrida O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining “Ochiq osmon ostida” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.  

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov festival va uning doirasida an’ana tusini olgan mazkur konsert dasturi haqida alohida to‘xtaldi.  

[gallery-23596]

Konsert dasturini O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, el suygan san’atkor Yodgor Sa’diyev ajoyib qo‘shiqlari bilan boshlab berdi.  

Konsertga bosh dirijyor, xalqaro tanlovlar sovrindori Alibek Abdurahmonov boshchilik qildi. Unda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, taniqli va yosh solistlar, jahon hamda o‘zbek kompozitorlarining mashhur asarlari, kinofilm, serial musiqalaridan namunalar ijro etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyozov ijrosidagi ariyalar, opera va milliy xalq termalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, barchani raqsga chorladi.

Jonli ijrodagi qo‘shiqlar va akapella yig‘ilganlarga o‘zgacha zavqu shavq bag‘ishladi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA