Londonda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston: yangi imkoniyatlar, taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy hamkorlik” mavzuidagi xalqaro forumda Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov nutq so‘zladi.
Biznes-ombudsman axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, u o‘z ma’ruzasida ishbilarmon ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga to‘xtalib, ularning iqtisodiyot va jamiyat rivojidagi ahamiyatiga alohida urg‘u berdi.
Xususan, mamlakatimizda 2017 yildan buyon amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan band bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi 21 foizdan 37 foizgacha oshgan. Bu ko‘rsatkich tadbirkorlik sohasida ayollar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi salmoqli yutuqlardan dalolat beradi.
Xalqaro forum konstruktiv muloqot va muhokamalar, shuningdek, biznesni rivojlantirish va hamkorlik sohasida qo‘shma harakatlarni belgilash uchun muhim maydonga aylandi.
Forum ishtirokchilari gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikrga keldi va bu yo‘nalishda kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA