Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro forumda O‘zbekiston tajribasi targ‘ib qilindi
10:02 / 2025-11-07

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Samara shahrida o‘tkazilayotgan XIII xalqaro sport forumida dunyoning bir qator davlat vakillari qatorida o‘zbekistonlik soha mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Hamkorlikni rivojlantirish doirasida qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar amalga oshiriladigan forumda sport sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, shuningdek viloyatning bir qator tuman va shahar sport tashkilotlarining mutasaddilari ham qatnashmoqda.

Xalqaro forumda ko‘rgazmali sport musobaqalari, har bir mamlakatning sport sohasidagi yutuqlari, innovatsion loyihalari va ilg‘or tajribalari namoyish etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA