Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro forum: O‘zbekistonda 1 million nafar band bo‘lmagan aholini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilgan
18:24 / 2022-05-26

Buxoroda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi davom etmoqda. Unda xalqaro moliya institutlari vakillari bilan bir qatorda davlat idoralarining mutaxassislari, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, yashil iqtisodiyot sohalarida yuqori tajribaga ega xalqaro ekspertlar qatnashmoqda.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston 2022-2026 yillarda "Yangi O‘zbekiston" Taraqqiyot strategiyasini faol amalga oshira boshladi. Bu birinchi navbatda "Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun" tamoyillariga asoslanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar 2026 yilgacha kambag‘allik darajasini ikki barobar qisqartirish maqsadidan kelib chiqadi. Bunda belgilangan maqsadlarga erishishning asosiy sharti sifatida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotni rivojlantirish belgilangan. 

[gallery-7295]

Xususan, aholi jon boshiga YAIM darajasini joriy 2000 dollardan 2026 yilda 2800 dollargacha oshirish maqsad qilingan. Bu 2030 yilda o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kirish uchun asos yaratadi. Belgilangan vazifalar doirasida davlat korxonalari va banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishning yashil modeliga o‘tish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, yer munosabatlarini isloh qilish kabi boshlangan iqtisodiy islohotlarni davom ettirish oldinda turgan asosiy maqsadlar hisoblanadi.

Mamlakatimizda islohotlarning davomi sifatida joylarda iqtisodiy boshqaruv tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlaridan biri har bir mahallaga biriktiriladigan hokim yordamchilari institutini joriy etilganidir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbusning asosiy maqsadi aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, daromad keltiruvchi mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va kambag‘allikni qisqartirishdir.

Yangi strategiyada inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha va oliy ta’lim qamrovi qariyb ikki barobarga oshdi. Ushbu sohada maktabgacha ta’lim qamrovini 2026 yilda 80 foizgacha (hozirgi vaqtda 69 foiz) va oliy ta’limni 50 foiz (28 foiz)ga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, 1 million band bo‘lmagan aholini (ayniqsa, ayollar va yoshlar) 2026 yilgacha bo‘lgan davrda kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA