Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro forum: natija va samara
17:11 / 2022-05-19

Buxoroda o‘tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, turli din va konfessiya vakillarining tinch-totuv yashayotganining “o‘zbek amaliyoti” ni jahon hamjamiyatiga namoyish etishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy va diniy-falsafiy merosi hamda konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, jamiyatda do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini saqlab turish bo‘yicha siyosiy-huquqiy tajribasini jahon hamjamiyatiga namoyish etishga xizmat qiladi. 

Amalga oshirilayotgan Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida jamiyatda e’tiqod erkinligini ta’minlash, konfessiyalararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosati, qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida xalqaro hamjamiyat va keng jamoatchilikni xabardor qiladi. 

O‘zbekistonning qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash asosida e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasidagi xalqaro-huquqiy majburiyatlarni to‘liq bajaruvchi va xalqaro standartlarni faol ilgari suruvchi xalqaro munosabatlarning mas’uliyatli sub’ekti sifatidagi nufuzini oshiradi. Jamiyatda e’tiqod erkinligi, dinlararo muloqot va millatlararo totuvlikni ta’minlash, bag‘rikenglik g‘oyalarini qaror toptirish, turli millat va din vakillarining madaniyati va an’analarini hurmat qilish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surish bo‘yicha tajriba almashish, eng yaxshi amaliyotlar va zamonaviy ko‘nikmalar bilan tanishish orqali o‘zbek mutaxassislari, ilohiyotshunoslari, dinshunoslarining malakasini oshiradi. 

O‘zbekistonning konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ijobiy tajribasi, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini oshirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash sohasidagi yutuqlarini jahon hamjamiyatiga tanishtiradi. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat, xorijiy nodavlat tashkilotlar, ilmiy-tahliliy markazlar bilan o‘zaro hamkorligini chuqurlashtiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatning diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan dinlararo muloqotni mustahkamlash borasidagi say’-harakatlariga qo‘shgan muhim hissasi sifatida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinadi.

[gallery-7174]

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA