Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro forum doirasida 164 ta savdo va investitsiyaviy shartnomalar imzolanadi
18:57 / 2022-03-25

Birinchi xalqaro Investitsiya forumining ikkinchi kuni ham yakunlanmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 26 martga qadar davom etadigan forum doirasida 164 savdo va investitsiyaviy shartnomalar imzolanadi. Ularning umumiy qiymati 7 milliard 833 million AQSH dollarini tashkil etishi belgilangan. Ularning 97 ta investitsiyaviy, 67 savdo shartnomalari hisoblanadi. Bu shartnomalar xorijiy investorlar yirik xorijiy kompaniyalar vazirlik va idoralar hamda mahalliy kompaniyalar o‘rtasida tashkil etilyapti. Mazkur shartnomalar orqali mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston – Xitoy investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan sanoat koperatsiyada innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbirda 300 dan ziyod xitoylik investor va tadbirkorlar hamda 200 yuzdan ortiq viloyat va hududlardan mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

– Tadbir ikki tomonga ham katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. – Unda asosan farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va raqamlashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Yirik xitoylik investor kompaniyalar mamlakatimizga olib kirmoqchi bo‘lgan loyihalari haqida ma’lumot berdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 7,4 milliard dollardan oshgan. Bu oldingi yillarga qaraganda ikki barobar ko‘p. Shu kunga qadar 8 milliard dollardan oshiq investitsiya jalb qilindi. bugungi kunda mamlakatimizda ikki mingga yaqin xitoylik investorlar ishtirokidagi kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

bugungi forumda innovatsion sanoat loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Hamkorlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat qo‘shni davlatlarga, balki uzoq chet davlatlarga ham eksport qilinishi qayd etildi. Forum xitoylik investorlar sonini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Go‘zal Sattorova, O‘zA