Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro festivaldan kutilmagan xushxabar
09:26 / 2022-09-13

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida "Hind kinosi kunlari" badiiy kechasi tashkil etiladi. Aynan shu manzilda 19:00 da hind kino san’ati durdonasi –"Reva" kinokartinasi namoyish etiladi.

Hindistonda allaqachon o‘z muxlislariga ega ushbu film endi o‘zbek kinoixlosmandlari uchun namoyish etilmoqda. Umumiy qiymati 440 ming AQSH dollariga baholangan film 25 yoshli boyvachcha Karanning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. 

Badiiy kecha davomida hind qo‘shiqlari, filmlar namoyishi, mashhur hind aktyorlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda.

"Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida jahonning ko‘plab mashhur san’at vakillari ishtiroki kutilmoqda.   

Ayni damda mashhur hind aktyor-aktrisalari, xususan, Umesh Mehra, Hema Malini, Punam Dxilon, Dimpl Kapadiya va Zinat Aman festivalning maxsus mehmoni sifatida Toshkentga keldi.   

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kinofestivalga 40 dan ziyod mamlakat vakillari kelishi kutilyapti.   

 

D.Mamatova, 
O‘zA