French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro festivalda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi taqdimoti o‘tkazildi
20:00 / 2026-01-14

Misr poytaxtida joylashgan “Al Galaa” majmuasida “Pakistan International School Cairo” (PISC) tashabbusi bilan o‘tkazilgan 44-an’anaviy xalqaro festivalda ilk bor mamlakatimiz delegatsiyasi ham qatnashdi.

Qohirada ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Misr rasmiy idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir davlatimizni xalqaro maydonda yana bir namoyon etish imkonini berdi.

Anjuman doirasida yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi, sayyohlik imkoniyati hamda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasiga oid taqdimot o‘tkazildi.

Festivalda Turizm qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan maxsus video dastur ham namoyish etildi. Lavhalarda Buyuk Ipak yo‘li merosi, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarimiz, shuningdek diyorimizda jadal taraqqiy etayotgan gastronomiya, ziyorat va madaniyat turizmi yo‘nalishlari yoritib berilgan.

Misrdagi elchixonamiz xabariga ko‘ra, tadbir davomida tashrif buyuruvchilar bilan bevosita muloqotlar qilingan. Madaniy dastur doirasida o‘zbek milliy raqslari ijro etilgan.

Chiqishlarda namoyon bo‘lgan xalqimizga xos an’analarning nafosati, o‘ziga xosligi xalqaro jamoatchilikda iliq taassurot qoldirdi. PISC direktori Sayyid Buxoriy O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokiga yuqori baho berdi. Respublikamizning madaniy merosi va sayyohlik salohiyati Yaqin Sharq hamda Afrika davlatlaridan sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA