Xalqaro festivalda O‘zbekiston jamoalari g‘olib bo‘ldi
Shu yilning 7-12 iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida "Oltin qorako‘z" 36-xalqaro folklor xalq raqs festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari qatorida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining "Navbahor" raqs ansambli hamda "Bek" doirachilar ansambli ishtirok etdi.

Olti kun davom etgan tanlovda 1-o‘rin O‘zbekiston delegatsiyasiga berildi. 2-o‘rin Turkmaniston delegatsiyasiga, 3-o‘rin Bolgariya delegatsiyasiga nasib etdi.

"Oltin qorako‘z" festivali 62 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, 36 yildan buyon konkurs sifatida tashkil etib kelinmoqda. Festivalning 62 yillik tarixida O‘zbekiston ilk bor 1-o‘rinni egalladi.
N.Usmonova, O‘zA