Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ekspert tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yuqori baholadi
18:15 / 2023-05-29

So‘nggi vaqtlarda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan sohaga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari, shu jumladan, nufuzli xalqaro institutlar bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Joriy yilning 15-26 may kunlari Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida Jahon bankining bojxona masalalari bo‘yicha xalqaro eksperti ishtirokida “Bojxona qiymati sohasida ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor dunyo miqyosida import tovarlarining bojxona qiymatini aniqlash va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar, ularni bartaraf etish, bojxona qiymatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan xavf profillariga qaratildi.  

Seminar-trening davomida xalqaro ekspert tomonidan “Bojxona qiymati metodologiyasi”, “Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror”, “Bojxona qiymatini nazorat qilishga qaratilgan xavf profillari” mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash yo‘nalishida O‘zbekiston tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Xalqaro ekspert mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi.  

Yakunda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish hamda "Xavflarni boshqarish" tizimidagi bojxona qiymati modulini yanada takomillashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA