English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ekspert: O‘zbekistonning SHHT makonida transport aloqasini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli siyosati
17:08 / 2022-09-16

O‘zA. “Jahon matbuoti sahifalarida”

SAMARKAND, 16 sentyabr. Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammiti arafasida o‘zining mualliflik maqolasida tashkilotni yanada rivojlantirishning bir qancha muhim yo‘nalishlarini aniq belgilab berdi, deb ta’kidlaydi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi bo‘limi rahbari Zilola Yunusova intervyuda:

-Ulardan biri SHHT makonida ko‘p variantli transport-kommunikatsiya yo‘laklarini qurish loyihalarini hayotda amalga oshirishdir.

Agar Prezidentning SHHT makonida transport aloqalarini rivojlantirishga doir qarashlarining mazmun-mohiyatini sinchkovlik bilan o‘rganadigan bo‘lsak, quyidagi muhim fikrlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

Birinchidan, xalqaro bozorlarga olib chiqadigan transport-kommunikatsiya yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish istagini O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosatini amalga oshirishning uzoq muddatli strategiya kontekstida ko‘rib chiqish kerak. Aslini olganda, O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan yangi mintaqaviy siyosat nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari bilan konstruktiv muloqot va hamkorlikni shakllantirish, balki butun mintaqaning savdo-iqtisodiy, ishlab chiqarish, transport-tranzit, sayyohlik, tarixiy-madaniy salohiyatini ochib berish, xususan, SHHT makonidagi o‘zaro bog‘langan loyihalar hisobiga amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

SHHT O‘zbekistonning deyarli barcha asosiy tashqi siyosat va iqtisodiy sheriklarini o‘z ichiga olgan tashkilotdir. Bular birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Pokiston, Eron, kuzatuvchi davlatlar va SHHT muloqoti bo‘yicha hamkorlari bo‘lib, ular bilan bizni yaqin savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma aloqalari bog‘lab turadi.

bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdosining qariyb yarmi SHHT mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa umumiy qiymati 24,5 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonda SHHTga a’zo davlatlar sarmoyasi ishtirokidagi 7,5 mingdan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.

Ikkinchidan, Prezident maqolasida ko‘rsatilgan transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasining amalga oshirilishi Arab dengizidagi Pokiston portlariga (Gvadar, Qorachi va boshqa) chiqadigan yangi va eng qisqa tranzit yo‘lagini shakllantirish imkonini beradi. Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar yo‘lining qurilishi O‘zbekistondan Pokistonga yuk tashishni 35 kundan 3-5 kungacha qisqartiradi va yuk tashish narxini 30-35 foizga kamaytiradi. bugungi kunda dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni bo‘lmagani sababli Markaziy osiyo davlatlarining transport xarajatlari eksport mahsuloti tannarxining 70-80 foiz va importning 60 foizini tashkil etadi.

Uchinchidan, allaqachon keng qo‘llab-quvvatlangan xalqaro transafg‘on transport yo‘lagining qurilishi O‘zbekiston tomonidan afg‘on jamiyatining ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda noyob imkoniyat sifatida baholanmoqda. Agar O‘zbekiston tashabbusi bilan qurib bitkazilgan Xayraton-Mozori-Sharif temir yo‘lining ijtimoiy-iqtisodiy samarasini eslasak, Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, 1,2 mingdan ortiq kishi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlangan, temir yo‘l bo‘ylab bandlikning o‘sish sur’ati yiliga 10-11 foizni tashkil etmoqda.

O‘z navbatida, “Peshovar” yo‘lining qurilishi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning tashqi savdo aylanmasini 50 foizga oshirishi va Kobulga tranzitdan yiliga 400-500 million dollar daromad keltirishi mumkin.

Afg‘oniston – Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqlik loyihalarida asosiy bo‘g‘in bo‘lib, afsuski, xozirgacha Markaziy Osiyo va butun SHHT makonida mintaqaviy xavfsizlik tizimining muhim omili bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston qo‘shni davlatlar va Afg‘onistonning yangi hokimiyatlari bilan iqtisodiyotni tiklash va mamlakatni mintaqaviy aloqalarga jalb qilish uchun faol hamkorlikni davom ettiradi.

Shunday qilib, O‘zbekistonning SHHT makonida transport aloqasini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli siyosati, jumladan, Toshkent tomonidan ilgari surilayotgan transafg‘on yo‘lagi loyihasi infratuzilmani rivojlantirishga kuchayib borayotg