Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy frontdagi vaziyat og‘irlashgani, Rossiya Zaporojedagi uchta aholi punktini egallab olganini aytdi.
“Dushman hozir Pokrovskiy yo‘nalishida faol harakat qilmoqda. Bugun janglarning taxminan 40 foizi aynan shu hududga to‘g‘ri keldi. Dushman u yerda barqaror ravishda katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda”, dedi Sirskiy.
Hindiston dekabr oyida yetkazib beriladigan Rossiya neftini xarid qilishni qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bu holat “G‘arb sanksiyalari va AQSH bilan olib borilayotgan savdo muzokaralari Hindistonning neft importi tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat beradi”. Bir vaqtning o‘zida beshta yirik neftni qayta ishlash kompaniyasi kelgusi oy uchun Rossiya neftiga buyurtma bermagan. Bu odatda 10 noyabrga qadar amalga oshirilar edi.
Eronda ayollar sport murabbiyi Xaniya Shariati Rudposhti ro‘mol o‘ramasdan omma oldida akrobatik harakatlarni amalga oshirganidan keyin qo‘lga olindi. Bu haqda Iran International xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, mamlakatda majburiy hijob to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davom etmoqda. Norvegiyaning Hengau inson huquqlari tashkiloti sportchi 9 noyabr kuni kechqurun hibsga olinganini ta’kidladi.
Germaniya politsiyasi taniqli siyosatchilarni o‘ldirishga chaqiruvchi darknet platformasini yuritganlikda gumonlanuvchi erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda prokuratura ma’lumotiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi. Germaniya maxfiylik qoidalariga muvofiq, “Martin S.” deb tan olingan Germaniya-Polsha fuqaroligiga ega shaxs 10 noyabr kuni ushlangan. U kechqurun Dortmund shahrida hibsga olingan. Erkakning o‘ta o‘ng Reich Citizens harakati bilan aloqalari borligini ma’lum qildi.
Xitoyda 130 mingga yaqin odamni aldagan yirik moliyaviy piramidaning tashkilotchisi Britaniyada 11 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Sky News xabar berdi. Gap kriptovalyuta orqali firibgarlik yo‘li bilan olingan daromadlarni yuvishda aybdor deb topilgan Qian Jimin (Yadi Chjan nomi bilan ham tanilgan) haqida ketmoqda. Tergov davomida Britaniya politsiyasi 61 mingdan ortiq bitkoinni musodara qilgan. Ularning bugungi qiymati 6 milliard dollardan oshadi — bu Britaniya tarixidagi eng yirik kriptovalyuta musodarasidir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hZUA5XeHYOI" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA