Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest
19:20 / 2025-05-23

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Harvard universitetini xorijlik talabalarga ta’lim berish huquqidan mahrum qildi. Hozirda Harvardda o‘qiyotgan xorijliklar boshqa universitetga o‘tishga majbur bo‘ladi, aks holda ular mamlakatda qolish huquqini yo‘qotadi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-o‘quv yilida Harvardda 7000 ga yaqin xorijlik talaba tahsil olgan. Bu umumiy talabalar sonining 27,2 foizini tashkil etadi.

Universitet o‘z bayonotida Tramp ma’muriyatining bu qadamini noqonuniy deb atadi.

AQSH prezidenti ma’muriyati Janubiy Koreyadan 4,5 ming nafar harbiyni olib ketmoqchi. 

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya hududida jami 28,5 mingga yaqin AQSH harbiylari bor. Rasmiylar qo‘shinlarni Tinch okeaniga, jumladan, Guam oroliga ko‘chirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Tashabbus Shimoliy Koreyaga qarshi kurash siyosati doirasida muhokama qilinmoqda.

Donald Tramp Vladimir Putin bilan yaqinroq munosabatlar o‘rnatish maqsadida uchrashuvni rejalashtirmoqda. Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy sammit Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni o‘z ichiga olmaydi.

Zelenskiy Rossiya bilan asirlarni almashish bo‘yicha “1000 ga 1000” formatida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezidentning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.

“Ayirboshlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdim. Rossiya asirligidan 1000 nafar fuqaromizni ozod qilish to‘g‘risidagi kelishuv Turkiyadagi uchrashuvning deyarli yagona amaliy natijasi bo‘ldi. Bu natijani ta’minlash uchun harakat qilmoqdamiz”, dedi u.

Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida samolyotning turar joy mavzesiga qulashi oqibatida bir necha kishi vafot etdi. 

BBC News’ning xabar qilishicha, samolyotda uchuvchi bilan birga 8-10 kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar ko‘rgan 15 ta uyda yashovchilarning hech biri jiddiy jarohat olmagan. Taxminan 100 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XnkwaWxaN0Y" title="Хalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA