Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
21:26 / 2025-11-27

AQSHning Vashington shtatidagi Oq uy yaqinida 26 noyabr kuni otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda Milliy gvardiyaning ikki nafar harbiy xizmatchisi yaralandi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Otishma sodir etgan shaxs o‘q jarohatlari olgach, qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulla Lakanval ekani aniqlangan. Hozirda hujum terrorchilik harakati sifatida tergov qilinmoqda. Lakanval 2021 yilda AQSHga afg‘onlar uchun maxsus viza dasturi doirasida kelgan. Ammo uning viza muddati tugagan va mamlakatda noqonuniy yashab kelgan.

Afg‘onistonlik muhojir otishma sodir etib, ikki gvardiyachini og‘ir yaralagani ortidan Prezident Donald Tramp Bayden prezidentligi davrida AQSHga kelgan afg‘onlarni tekshirishni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Otishma sodir etgan shaxs o‘q jarohatlari olgach, qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Tramp ushbu otishmani “terakt” deb baholadi.

Peru sudi 26 noyabr kuni mamlakat sobiq prezidentini pora olishda aybdor deb topdi. Sud unga 14 yillik qamoq jazosi tayinladi. Shu tariqa u korrupsiya sabab jazolangan sobiq prezidentlar ro‘yxatiga qo‘shildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Viskarra 2011 yildan 2014 yilgacha janubiy Moquegua provinsiyasi gubernatori lavozimida ishlagan. Shu davrda u jamoat ishlari bo‘yicha shartnomalar evaziga qurilish firmalaridan 676 ming dollarga teng miqdorda pora olgan.

Meksikada “Koinot go‘zali” (Miss Universe) tashkiloti prezidenti Raul Rocha giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ savdosi va yoqilg‘i o‘g‘irlash bilan bog‘liq gumonlar yuzasidan tergov qilinmoqda. Bu holat go‘zallik tanlovi atrofidagi mojaro va bahslarni yanada kuchaytirdi. Meksika bosh prokuraturasi tergov doirasida 13 ta hibsga olish orderi chiqarilganini ta’kidladi, biroq shaxslarning ismi oshkor etilmadi. Mahalliy OAV esa ushbu orderlardan biri aynan Raul Rochaga nisbatan chiqarilganini xabar qilmoqda. Prokuratura hujjatlarida u “Raul R” deb qayd etilgan.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi plyajda suzayotgan ayol va erkakka akula hujum qildi. Oqibatda 20 yoshli ayol voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshlardagi erkak og‘ir ahvolda Nyukasl shahridagi shifoxonaga vertolyotda olib ketilgan. Hodisa 27 noyabr kuni Kaylis-Bich plyajida yuz bergan. Tez yordam xodimlari yetib kelishidan oldin guvohlardan biri erkakning oyog‘iga qo‘lbola jgut qo‘ygan. Aynan shu erkakning hayotini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/66nZCiv6U3E" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA