Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
19:23 / 2025-11-20

Xitoy may oyida Hindiston va Pokiston o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvdan foydalanib, Islomobodga yetkazib berilgan bir nechta qurol tizimlarini birinchi marta real jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda AQSH Kongressining ikki partiyaviy qo‘mitasiga tayanib, The Independent xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi (YeI) 2030-yilgacha mudofaa sanoati uchun 600 ming nafar mutaxassisni qayta tayyorlashni yoki ularning malakasini oshirishni rejalashtirmoqda. Chora mudofaa sohasidagi kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgani aytilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi. YeI Rossiya Ukrainaga bosqin boshlaganidan so‘ng qurollanish poygasini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Mintaqadagi xavfsizlik ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish talab etilayotgan bo‘lsa-da, malakali ishchi kuchi tanqisligi bu jarayonga to‘sqinlik qilmoqda.

Fransiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan o‘g‘rilikdan so‘ng, xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida 2026 yil oxirigacha Luvr muzeyi atrofidagi hududga yana 100 ta tashqi videokamera o‘rnatish rejalashtirildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Muzeyi direktori Loran de Karning 19 noyabr kuni Milliy Majlis eshituvlarida bergan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus 2025-yilning oktyabr oyidagi shov-shuvli o‘g‘rilik hodisasidan keyin xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari doirasida amalga oshirilmoqda.

AQSH Saudiya Arabistonini rasman “NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi” (Major Non-NATO Ally) deb tan oldi va Qirollik bilan strategik mudofaa shartnomasini imzoladi. Bu haqda Politico xabar berdi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bu xabarni Oq uyda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon sharafiga uyushtirilgan kechki ziyofat chog‘ida e’lon qilgan.

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan urush ehtimoliga tayyorgarlik doirasida tanklar va qo‘shinlarni tezkor harakatlantirish rejasini ishlab chiqmoqchi. Bu haqda The Guardian xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, reja “harbiy Shengen” hududini yaratish uchun chegaralararo harakatlanish qoidalarini soddalashtirishni nazarda tutadi. Harbiy texnikaning tez o‘tishi uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va’da qilingan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d0oUWLqzcKE" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA