French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
18:17 / 2025-10-24

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon benzin narxining oshishi muqarrar ekanini aytib, aholini ijtimoiy risklardan ogohlantirdi. Bu haqda Iran International xabar berdi. Siyosatchi Erondagi kuchayib borayotgan energiya tanqisligini hal etish uchun yonilg‘i narxi oshirilishini ta’kidladi. Biroq buni “ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish kerakligi”, aks holda iqtisodiy qiyinchiliklar yanada chuqurlashishini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoshlarni o‘qish va kareraga e’tibor qaratib, farzand ko‘rishni “keyinroqqa” qoldirmaslikka chaqirdi. Siyosatchi Kremlda demografik va oilaviy siyosat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Thye Moscow Times xabar berdi.

“Biz odamlarga otalik va onalik baxt ekanini, baxtni kechiktirmaslik kerakligini yetkazishimiz kerak”, dedi Putin.

AQSH prezidenti Donald Tramp dunyodagi eng yirik Binance kriptovalyuta birjasi asoschisi Chanpen Chjaoni afv etdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror Chjaoning “Tramp oilasiga tegishli kriptokompaniyani rivojlantirishga qaratilgan bir necha oylik sa’y-harakatlaridan so‘ng” qabul qilingan. Prezidentning afv haqidagi farmoni 22 oktyabr kuni imzolangan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt afv haqiqatdan ham amalga oshirilganini tasdiqladi.

Rossiyaning Su-30 va Il-78 samolyotlari 23 oktyabr kuni kechqurun Litva havo hududiga buzib kirdi. Samolyotlar Kaliningrad viloyatidan chegaradagi Kibartay shahri hududiga bostirib kirgan. Aviatexnikalar Litva ichkarisiga 700 metr kirib borgach, mamlakat havo hududini tark etgan. Qoidabuzarlik 18 soniya davom etgan. Hodisa sababli NATO havo politsiyasi missiyasining qiruvchi samolyotlari — Eurofighter Typhoon (Ispaniyaga tegishli) ko‘tarilgan.

AQSH prezidenti ma’muriyati Alyaska qirg‘oqlarida yangi neft va gaz konlarini o‘zlashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, The Guardian xabar berdi. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ushbu hududda energiya manbalarining eng yirik o‘zlashtirilmagan zaxiralari mavjud. Bu AQSH energiya xavfsizligini mustahkamlashga imkon beradi. Shu tariqa 2024 yilda sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan cheklovlar olib tashlanmoqda. Endilikda Alyaskada 6,3 ming kvadrat kilometrdan ortiq hudud qazib olish uchun ochiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WbqzGVE8NFw" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA