Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
19:02 / 2025-10-20

Ukraina Rossiya bilan urushning yakuniga yaqinlashmoqda. Bunga eng avvalo AQSH prezidenti Donald Trampning sa’y-harakatlari yordam bermoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi. Zelenskiy Ukrainadagi vaziyat dunyoda o‘xshashi yo‘qligini va uning ko‘lami boshqa qurolli mojarolardan ancha katta ekanini ta’kidladi.

Suriyadagi Rossiyaning ikkita harbiy bazasi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’aning Moskvaga tashrifi va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning “do‘stlik” taklifiga qaramay, bu masala hal bo‘lmadi. Bu haqda Asharq Al-Awsat nashri xabar berdi. Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad ash-Shiboniga ko‘ra, tomonlar hozirda shartnomalarni, jumladan harbiy bazalar masalasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. U avvalgi hokimiyat davrida Rossiya bilan tuzilgan barcha kelishuvlar to‘xtatilgani va endi qabul qilinmasligini aytdi. Yangi bitimlar esa hozircha imzolanmagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp urushni tugatish uchun Ukrainaning Donbass hududini “bo‘lish” kerakligini aytdi. Uning fikricha, hududning katta qismi Rossiya nazorati ostida qoladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

“Hammasi hozirgidek qolaversin. Hozir u allaqachon bo‘lingan. Menimcha, mintaqaning 78 foizi Rossiya tomonidan egallangan. Keyinchalik ular o‘zaro biror narsani kelishib olishi mumkin. 

Ammo hozir mojaroning ikkala tomoni ham front chizig‘ida to‘xtashi kerak — uylariga tarqalishi, jang harakatlarini to‘xtatishi, odamlarni o‘ldirishni bas qilishi lozim”, degan Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.​

Xitoy AQSH Milliy xavfsizlik agentligini uning Milliy vaqt xizmati markaziga kiberhujum uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Markaz Shensi provinsiyasining Sian shahrida joylashgan. U Pekin vaqtini belgilash, saqlash va uzatish uchun javobgardir. Bundan tashqari aloqa, moliya, elektroenergetika, transport, geodeziya va kartografiya, milliy mudofaa kabi sohalarda vaqt sinxronizatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, xalqaro mintaqaviy vaqtni hisoblash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi.

Gonkong xalqaro aeroportida yuk samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketib, dengizga qulagan. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi. Hodisa 20 oktyabr kuni BAAga tegishli Boeing 747 samolyoti bilan sodir bo‘lgan. U uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketib, ehtimol, quruqlikdagi transport vositasini urib yuborgan va dengizga qulagan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ufMYlDl1UjI" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA