Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
18:26 / 2025-10-02

Nyu Yorkdagi LaGuardia xalqaro aeroportida 2 ta Delta Air Lines aviakompaniyasiga qarashli samolyot taksi yo‘lagida to‘qnashib ketdi. Bu haqda CBS News xabar berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida samolyotlar sekin harakatlanayotgan bo‘lgan. Nyu York va Nyu Jersi port boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:00 da yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5155-reys qanoti 5047-reysning fyuzelyaj qismiga tegib ketgan.

Isroil mudofaa vaziri Kats G‘azo shahri aholisiga janubga ko‘chib o‘tish uchun oxirgi ogohlantirishni berdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi. Katsga ko‘ra, shaharda qolganlar “terrorchi yoki terrorchilarga yordam beruvchi” sifatida ko‘riladi.

“Kim hali ham janubga ko‘chishni xohlasa, bu — oxirgi imkoniyat. HAMAS jangarilarini G‘azo shahrida yolg‘iz qoldirishimiz kerak”, deb yozgan Kats X ijtimoiy tarmog‘ida.

Germaniya rasmiylari 1 oktyabr kuni kuni 3 nafar HAMAS a’zolarini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Ular mamlakatdagi yahudiy muassasalariga terakt uyushtirishni rejalashtirayotganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Gumonlanuvchilar bugun, 2 oktyabr kuni sud qilinishi rejalashtirilgan. Federal prokuraturaga ko‘ra, ushbu shaxslar yozdan beri qurol-yarog‘ xarid qilib kelgan. Qo‘lga olish vaqtida ularga tegishli AK-47 avtomati va o‘q-dorilar musodara qilingan. Qo‘lga olinganlarning ikki nafari Germaniya fuqarosi, uchinchisi esa Livanda tug‘ilgani ma’lum qilingan.

AQSH Rossiyaning energetika infratuzilmasiga uzoq masofali raketalar bilan zarba berish uchun Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etadi. Bu haqda amerikalik ikki nafar amaldorga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi. Ta’kidlanishicha, qaror Tramp ma’muriyati tomonidan Ukrainaga uzoq masofali qurollar berish imkoniyatini ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilingan. AQSH uzoq vaqtdan beri Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini almashib keladi.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 500 milliard dollar boylikka ega tarixdagi ilk odamga aylandi. Bu haqda Forbes Real-Time Billionaires reytingi xabar berdi. Reytingda Maskning boyligi dastlab yarim trillion dollarga yetgan. Keyinchalik esa bu ko‘rsatkich 499,1 milliard dollargacha pasaygan. Shunga qaramay, u hozirda Larri Ellisondan 150 milliard dollarga boyroq va dunyodagi ilk trillioner bo‘lish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AYEsItkIn6Q" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA