Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
20:58 / 2025-09-26

Yaponiyada vafot etgan qizining jasadini yigirma yil mobaynida saqlagan 75 yoshli Keiko Mori ismli ayol qamoqqa olindi. Bu haqda The Straits Times gazetasi xabar bermoqda. ​Politsiya vakillari Tokioning shimoli-sharqidagi Ibaraki prefekturasida istiqomat qiluvchi ayolning uyiga tashrif buyurishgan va haqiqatan muzlatkichda futbolka va ichki kiyimdagi ayolning jasadini tizzalab, yuzi pastga qaratilgan holatda topishgan. ​U nima sababdan qizini dafn etmaganini tushuntirmagan, ammo qilmishidan afsuslanayotganini bildirgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan 26 sentyabr kuni uchrashdi. Bu haqda vazirlar o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Vazirlar savdo, investitsiya, ta’lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqqan.

BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlari natijasida G‘azo sektorida 4 ming bola oyoq-qo‘lidan ayrilganini ma’lum qildi. Lazzariniga ko‘ra, G‘azoda bugungi kunda eng ko‘p amputatsiya aynan bolalar orasida qayd etilmoqda. Bu haqda BMT rasmiysi X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot bergan. U hozirda G‘azo eng og‘ir kunlarini boshidan kechirayotgani, so‘nggi bombardimonlar vaqtida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani yoki yaralanganini ta’kidlagan.

Sloveniya hukumati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Neva Grashich ma’lumotni tasdiqladi. Bungacha Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich va Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga Sloveniyaga kirish taqiqlangandi. Vazirlarga nisbatan tegishli chora Niderlandiya va Ispaniyada ham qo‘llangan.

Microsoft Isroilning harbiy razvedkasi uchun ayrim xizmatlar, jumladan, Azure bulutli saqlash platformasiga kirishni to‘sib qo‘ydi. Qaror harbiylar bu platformada G‘azo va G‘arbiy Sohildagi telefon suhbatlarini keng miqyosda tinglashdan olingan ma’lumotlarni saqlashi aniqlangach qabul qilindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8vy6NQnFKKU" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA