Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
16:28 / 2025-07-21

Yaponiyada 20 iyul kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda hukmron Liberal demokratik partiya parlamentning yuqori palatasida ko‘plab o‘rinlarni yo‘qotgan bo‘lsa-da, bosh vazir Shigeru Ishiba iste’foga chiqmasligini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi. Ovoz berish natijalari Ishiba hukumati taqdirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilmaydi. Ammo bosh vazir oktyabr oyida parlamentning quyi palatasi nazoratini allaqachon yo‘qotgandi. Shu sababli endilikda Ishibaning hukumatiga bosimi yanada kuchayishi taxmin qilinmoqda.

Ozarbayjonning Xankendi shahrida o‘tkazilgan yirik media-forumda Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston berganini aytdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

“O‘zbekistonlik birodarlarimizning ko‘magi biz uchun hamisha qadrli bo‘lgan. Bilasizki, Qorabog‘ning tiklanishiga birinchi sovg‘a O‘zbekiston tomonidan berilgan”, degan u.

Eron, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya 25 iyul kuni Istanbulda yadroviy muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirdi. Ushbu Yevropa davlatlari so‘nggi kunlarda Tehronga qarshi xalqaro sanksiyalar qayta joriy etilishidan ogohlantirib kelayotgandi. Yadro masalasida muzokara o‘tkazish taklifi Yevropa Ittifoqi rasmiysi va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi tomonidan kelishib olingan. Ular 17 iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan.

Ukraina xalqaro arbitraj sudlarida Rossiya va “Gazprom”ga qarshi 6,9 milliard dollarlik bir nechta da’volarni yutgan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Bu Rossiya va “Gazprom”ning javobgarligini ko‘rsatadigan hamda xalqaro huquq o‘z kuchini tasdiqlaydigan mutlaqo adolatli qarorlardir. Biz bu mablag‘larni undirish bo‘yicha aniq qadamlarni tayyorlayapmiz va ertaga Ukraina elchilari tegishli ko‘rsatmalarni oladi, degan Zelenskiy 20 iyul kungi bayonotida.

Isroil muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda G‘azo sektorini “bosib olish” bo‘yicha yangi reja tayyorladi. Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali xabar berdi.

Isroil armiyasi shtabi boshlig‘i Eyal Zamir siyosiy rahbariyatga  yangi harakatlar rejasini taqdim etgan. U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar amalga oshmasa, kuchga kiradi. Yahudiy rasmiylari rejani ijobiy qabul qilgan. Manbalarga ko‘ra, u “G‘azoni egallash rejasi” deb ataladi va Rafahdagi “gumanitar shahar”ga (lagerga) muqobil hisoblanadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/a3jReHj-BSw" title="XALQARO DAYJEST" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA