Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)
17:27 / 2025-07-08

Eron prezidenti Isroil maxsus xizmatlari tomonidan unga qarshi uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz suiqasd haqida ma’lum qildi. Bu haqda u amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lumot berdi. Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, qotillikka urinish Eron rahbariyatining boshqa yuqori martabali vakillari bilan uchrashuv paytida sodir bo‘lgan. Isroil uchrashuv o‘tkazilayotgan joyga zarba berishga uringan. Siyosatchi Qo‘shma Shtatlarni bu voqeaga aloqador emas deb hisoblaydi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatganini aytdi. Netanyaxu hozirda rasmiy tashrif bilan Vashingtonda bo‘lib turibdi. U AQSH prezidenti bilan kechki ovqat paytida uni Nobel uchun nomzod qilib ko‘rsatganini aytgan. Bu Trampning Eron yadro ob’ektlariga zarba berish haqidagi buyrug‘idan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuv hisoblanadi.

Isroil hukumati agar Eron uranni boyitishni qayta boshlasa, uning yadro ob’ektlariga hujum qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Axios nashri xabar berdi. 

Yangi zarbalarni berish ssenariylaridan biri Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy ob’ektlardan yuqori boyitilgan uranni olib chiqishga urinishi bo‘lishi mumkin, dedi nashrga xabardor manbalar.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Ozarbayjon bilan munosabatlardagi keskinlik yuzasidan izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ozarbayjon bilan yuzaga kelgan muammolar konstruktiv tarzda hal qilinishiga umid qilmoqda. U bu muammolar “ikki tomonlama munosabatlarning umumiy ruhiga mos ravishda” bartaraf etilishi kerakligini aytdi.

AQSH 1 avgustdan boshlab Qozog‘istondan keladigan tovarlar uchun 25 foizlik boj joriy etadi. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining Truth Socialʼdagi sahifasida ma’lum qildi. Siyosatchi qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jomart Toqayevga tegishli maktubni yo‘lladi. Unda Tramp respublika bilan “yanada muvozanatli va adolatli SAVDO” o‘rnatish haqida so‘z yuritgan.

AQSHda qizamiq bilan kasallanish soni 33 yillik rekordni yangiladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Mamlakatda 4 iyul holatiga ko‘ra, 1 300 ga yaqin kishida qizamiq infeksiyasi aniqlangan. Jon Xopkins universiteti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar o‘ta yuqumli kasallikning tarqalishi davom etayotganini ko‘rsatgan. Bir vaqtlar bu infeksiyaning mamlakatda “yo‘q qilinishi” taxmin qilingandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_WDVUJ-OFxk" title="XALQARO DAYJEST" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA