Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro Dayjest: Netanyahu tahdidi, Armanistonning strategik xatosi va Gaitidagi to‘polonlar (+video)
12:12 / 2024-03-10

Tarang vaziyatda qolayotgan G‘azoning janubiy-g‘arbiga AQSH hukumati S-130 samolyotlarida 38 mingdan ortiq paketda oziq-ovqat jo‘natdi. Yordam to‘g‘ridan to‘g‘ri havodan tushirilgan bo‘lib, bu taqsimot jarayonida insonlar xavfsizligi bilan bog‘liqligini aytgan Oq uy rasmiysi.

Pentagon Falastinga jami 180 million dollarlik yordam qilgan. Jo Bayden o‘zining yillik bayonotida gumanitar yordamni yetkazishda qulaylik yaratish maqsadida G‘azoda port qurmoqchiligini aytdi. Ammo bolalar urush va ochlikdan nobud bo‘lmoqda. Qo‘shma Shtatlar hali-beri urishni cheklash haqida o‘ylamayotgan ko‘rinadi. Vitse-prezident Kamala Xarris Isroil rasmiysi bo‘lmish Benni Gants bilan uchrashib, Isroilni qo‘llab quvvatlashda davom etishini aytgan. Vashington tomonidan ittifoqchisiga har yili 4 milliard dollarga yaqin harbiy yordam berilib kelinadi. Netanyahu ham HAMASni yo‘q qilishga va’da berarkan, Rafahdagi amaliyotini to‘xtatmasligini aytdi.

- Xalqaro bosim kuchaymoqda lekin biz birlashishimiz, urushni to‘xtatishga qaratilgan chaqiriqlarga qarshi turishimiz kerak, - degan Benyamin.

Shuningdek, Isroil G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Misrda o‘tadigan muzokaraga odam jo‘natmaganligini yozgan Isroil rasmiylariga tayanib “New York Times”. HAMAS garovda turganlarning ro‘yxatini berishdan bosh tortgandan so‘ng shunday qarorga kelingan. Guruhga ko‘ra, urushni tugatmasdan turib bu haqida aniq ro‘yxat qilishning imkoni yo‘q.

Biz esa ingichka ipday cho‘zilayotgan Rossiya-Ukraina nizosiga e’tibor qaratamiz. Ukrainani qo‘llashda faolligi pasaygan Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari yana jonlanishga harakat qilmoqda. Tashkilot Albaniyada Kuchova aviabazasini ochdi. Mazkur majmua alyansning harbiy mashq va amaliyotini kuchaytirishga xizmat qiladi. AQSH Havo kuchlari sun’iy intellekt bilan boshqariladigan mingta qiruvchi samolyotlarni ishga tushirish arafasida. Loyiha 6 milliard dollarni tashkil etadi. Yevropa Komissiyasi Ittifoq tarixida birinchi marta mudofaa sanoati strategiyasini ishlab chiqdi. Dasturga ko‘ra, 1,5 milliard yevro ajratilishi rejalashtirilmoqda. O‘tayotgan hafta Shvetsiya rasman NATOga 32 davlat bo‘lib qo‘shildi. Mamlakat bosh vaziri Ulf Kristersson va TIV rahbari Vashingtondagi yig‘ilishda ratifikatsiya qilingan hujjatlarni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirdi. Bu esa alyansga qo‘shilishning oxirgi jarayonlari hisoblanadi. Bayden ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi nutq irod qilishdan charchamayabdi.

- Ukraina AQSH yordami bilan Rossiyani to‘xtatishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan yuz o‘girsa Ukraina, Yevropa, dunyo xavf ostida qoladi. Putin shuni bilishi kerakki, biz ittifoqchilarimizdan kechmaymiz, bosh egmaymiz, - degan prezident Kongressdagi yillik nutqida.  

Qator Yevropa davlatlari Kiyevga yordamni tezlatish kerak degan fikrda. Buyuk Britaniya 10 minta harbiy va kuzatuv dronlari uchun pul ajratadi. Shveysariya senati muzlatilgan Rossiya aktivlarini Kiyevga berishni yoqlab ovoz bergan. Muzlatilgan pullar miqdori 8 milliard dollardan oshadi.

Lekin shunga qaramay polshalik fermerlarning kayfiyati yaxshi emas. Shahar politsiyasi traktorlar kolonnasining kirishini cheklab qo‘ygan. Ukraina Iqtisodiyot vazirligi kelishmovchilkni hal etish maqsadida Yevropa Ittifoqining ba’zi davlatlariga tuxum, parranda go‘shti, shakar va don eksportini to‘xtatishga rozilik bildirgan. Ammo Kiyev Rossiyadan Belarus va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orqali EIga don kirib kelishini ta’qiqlash shartini bildirgan. Bundan oldin Latviya Rossiya va Belarusdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga ta’qiq qo‘ygan edi.

Dunyoning yana bir nuqtasi Gaitida vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Mamlakat deyarli jangari guruhlar qo‘liga o‘tib ketgan. Bosh vazir Ariyel Genri so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Puyerto-Rikodan qo‘nim topgan. Guruh boshlig‘i hukumat rahbari hokimiyatga qaytsa fuqarolar urushi boshlanishi bilan tahdid qilgan. Qo‘shma Shtatlar Genrining xalq manfaatlari uchun yon berib, adolatli saylovlar o‘tkazilishi kerakligini haqida maslahat bermoqda. Tartibsizliklar oqibatida insonlar halok bo‘lmoqda. Ariyel Genri Gaitiga qaytishning muqobil yo‘llarini qidirmoqda.

Armaniston siyosiy faoliyataidagi ba’zi xatolarni anglab yetgan ko‘rinadi. Jumladan, Armaniston Xavfsizlik Kengashining kotibi Armen Grigoryan 1991-yildan buyon Rossiyaga har tomonlama bog‘lanib qolish strategik xato bo‘lganligini aytgan. Kotibga ko‘ra, KXSHT va Rossiya hech bir jabhada Yerevanni qo‘llab-quvvatlamagan. Mamlakat hozir muqobil yo‘llarni qidirmoqda. Tahlilchilar aytishicha, Rasmiy Yerevan Yevropadan ittifoqchi qidiradi. Avvalroq Nikol Pashinyan KXSHT tashkilotidagi faoliyatini muzlatib qo‘yishini aytib chiqqandan keyin Belarus rahbari Lukashenko Armanistonga shoshilmaslik kerakligini aytgan edi. Pashinyan hukumati rasmiy Kremlga Rossiyalik chegarachilarning Yerevan aeroportidagi faoliyatini to‘xtatish haqida xat yuborgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cDM4uzB9oRQ" title="Xalqaro Dayjest: Netanyahu tahdidi, Armanistonning strategik xatosi va Gaitidagi toʻpolonlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sardor Poyonov, O‘zA