English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xalqaro chiqindilarsiz kun» endi butun dunyoda nishonlanadi
11:56 / 2023-03-25

O‘tgan yili Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritgan edi. BMT Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, 30 mart butun dunyo bo‘ylab «Xalqaro chiqindilarsiz kun» deb e’lon qilindi.

“Zero Waste” loyihasi orqali Turkiya butun dunyoni qiziqtirgan barcha ekologik va tabiatni muhofaza qilish loyihalarida faoldir. Loyiha isrofgarchilikning oldini olishga, resurslardan samaraliroq foydalanishga, sabablarini ko‘rib chiqish orqali chiqindilar paydo bo‘lishining oldini olishga yoki minimallashtirishga hamda chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta tiklashga qaratilgan.  

Isrofgarchiliksiz va barqaror pazandalik

Turk oshxonasi isrofgarchiliksiz va barqaror pazandalik amaliyotini saqlagan holda oziq-ovqat chiqindilarini e’tibordan qoldirmagan. O‘simlik va hayvonot mahsulotlarining barcha elementlaridan foydalanish uchun yechimlarni taklif qiladi. Tabiiy va organik mahsulotlardan tayyorlangan taomlar, vegan va vegetarian taomlari uzoq vaqtdan beri turk dasturxonlarida asosiy o‘rinni egallagan. Turk oshxonasi deyarli har bir taomida mahsulotlarni isrof qilmay ishlatishga chaqiradi. Masalan, eskirgan nondan ko‘plab taomlar tayyorlanadi. Qolgan palov esa sho‘rva yoki guruch pirogiga aylanadi. Do‘lma tayyorlash uchun qovoq yoki baqlajonning ichki qismi olib tashlanadi, lekin hech qachon po‘sti tashlanmaydi, u boshqa lazzatli taomga aylantiriladi.  

Bioxilma-xillik, ekotizim va tabiiy go‘zallikni muhofaza qilish  

Milliy barqaror turizm dasturini shakllantirish uchun Turkiya dunyoning eng yuqori ekologik va barqarorlik platformasi bo‘lgan Global barqaror turizm kengashi (GSTC) bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. 

O‘tgan yili boshlangan dastur mahalliy aholi uchun ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni maksimal darajada oshirish, madaniy merosni ko‘paytirish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va resurslarni tejash bilan birga bioxilma-xillik, ekotizim hamda tabiiy go‘zallikni muhofaza qilish vazifalarini maqsad qilib olgan.  

O‘zA