O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchildarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-393-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda xalqaro brendlarning O‘zbekiston bozoriga kirishida qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 9 martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga:
brendning bozorda kamida 5 yil mavjudligini tasdiqlash to‘g‘risidagi talabni 3 yil etib belgilash;
brendlar sohasida qonunchilik hujjatlari normalarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatlar nomini mintaqalarga o‘zgartirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zA