English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro boshqaruv forumi: yoshlar salohiyati va raqamli iqtisodiyot masalalari muhokama qilindi
13:43 / 2026-01-30

Bugun Toshkent shahridagi “IT Park Uzbekistan” kongress-markazida “30 yoshlilar davri” mavzusidagi beshinchi xalqaro boshqaruv forumining ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlash kerakki, xalqaro forum davlat idoralari, xususiy sektor, xalqaro ekspertlar hamda yosh mutaxassislarni bir maydonga jamladi. 

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz taraqqiyotida yoshlar salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan iqtisodiyot va jamiyat manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ta’kidlanganidek, 2026 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan bo‘lib, bu esa mahallalarni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni jamiyat hayotiga keng jalb etishga qaratilgan strategik yo‘nalish hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, forum yoshlarning jamiyatdagi faol rolini mustahkamlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mas’uliyatli biznes tamoyillarini ilgari surish uchun muhim muloqot maydoni vazifasini o‘tadi. Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbirda ta’lim va zamonaviy ko‘nikmalar yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi omil ekani qayd etildi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi bilimlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri sifatida baholandi. Shu munosabat bilan forumda raqamli ko‘nikmalar, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda axborot texnologiyalari xizmatlari eksporti iqtisodiyot tarkibini yangilash va uning barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim kuch ekani ta’kidlandi.

[gallery-27381]

–Ushbu tadbirning asosiy g‘oyasi yosh avlodda mustaqil fikrlash, mas’uliyatli qaror qabul qilish va jamiyat oldidagi burchni anglash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Oila, mahalla va ish joyida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar kelajakda yoshlarning fuqarolik pozitsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, forum zamonaviy korporativ madaniyatni rivojlantirish, ish beruvchilar va yosh mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan platforma sifatida tashkil etildi, –dedi Xalqaro boshqaruv forumi tashkiliy qo‘mitasi raisi Timur Yadgarov.

Eslatib o‘tamiz, “30 yoshlilar davri” mavzusidagi beshinchi Xalqaro boshqaruv forumi bugun o‘z ishini yakunlaydi.

Nasiba Ziyodullayeva, 

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA