Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro boks federatsiyasi hamyurtimizga chempionlik uzugini sovg‘a qildi
16:51 / 2023-06-01

AQSHning Chikago shahrida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF)ning chempionlar ishtirokidagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

IBF tashkiloti barcha vazn toifalaridagi chempionlarni bir joyda jamladi. Taklif etilganlar orasida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev ham bor. O‘z kamarini uch marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan charm qo‘lqop ustamiz chempionlar gala tadbirida ishtirok etdi. IBF Murodjon Ahmadaliyevga barcha kamar sohiblari qatori esdalik uchun chempionlik uzugi sovg‘a qildi.    

– Ushbu sovg‘aga munosib ko‘rishgani uchun tashakkur izhor qilaman. Xudo xohlasa tez orada o‘z kamarlarimni qaytarib olaman. Meni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlarga minnatdorlik izhor etaman. Yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun harakatni davom ettiramiz, –  dedi M.Ahmadaliyev.  

T. Ro‘ziyev. O‘zA