Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbariyati o‘zgarishsiz qoldi
10:05 / 2022-09-26

Ortda qolgan haftaning so‘nggi kunlarida Armaniston poytaxti Yerevanda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ning navbatdan tashqari Kongressida tashkilot prezidentligi uchun qayta saylov o‘tkazilishi kerak edi.

IBAning amaldagi rahbari Umar Kremlyov va niderlandiyalik Boris van der Ferst Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidentligi uchun kurash olib borishi kutilayotgandi.

Ammo, kongress boshlanishi oldidan kun tartibini tasdiqlash jarayonida delegatlarning 74,65 foizi IBAda qayta saylov o‘tkazishga hojat yo‘q, degan qarorni qabul qildi. Bu esa amaldagi rahbar Umar Kremlyov o‘z faoliyatini davom ettirishini anglatadi.

Ovoz berish davomida 106 ta davlat delegatlari takroriy saylovlar o‘tkazilmasligi kerak, deb hisobladi. Boris van der Ferst tarafdori bo‘lganlarning 36 nafari ovoz berishni yoqlab chiqqan bo‘lsa, 4 nafari betaraflik holatida qoldi.

Mazkur kongressda mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev va federatsiya raisi maslahatchisi Malik Boboyev qatnashdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi va delegatlarning ushbu qaroridan  Xalqaro olimpiya qo‘mitasi juda xavotirda ekanligini bildirdi.


T. Ro‘ziyev, O‘zA