Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro bag‘rikenglik kuni nishonlandi
19:21 / 2023-11-16

FOTOREPORTAJ

Namangan davlat chet tillari institutida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Millatlararo bag‘rikenglik, madaniyatlar almashinuvini o‘zida mujassam etgan tadbir orqali o‘zbek, rus, tojik, koreys, qirg‘iz kabi millatlarning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berildi. 

Ma’lumki, 1995 yil 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi qabul qilingan. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997 yildan buyon mazkur hujjat qabul qilingan sana har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag‘rikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka chorlashdir.

[gallery-14611]

Uchta shartdan iborat bo‘lgan ko‘rik-tanlovda dastlab har bir ishtirokchi aks ettirayotgan millat ruhidan kelib chiqqan holda, o‘zini tanishtirib o‘tdi. Savol-javoblar qismida esa talaba-qizlarning siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy savodxonlik yo‘nalishlaridagi bilimi sinovdan o‘tkazildi. So‘ngi shart – badiiy qism bo‘lib, unda turli xalqlarning milliy raqslari mohirona ijro etildi. 

Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar